Telegram-bot Virtual qabulxona

26.07.2023

2 yarim million so'mlik nosoz pech sifatlisiga almashtirildi

Zarafshon shahar 2-kichik tumanda yashovchi fuqaro D.D. tomonidan shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga og‘zaki murojaat kelib tushgan.

Unga ko'ra, fuqaro shu yilning aprel oyida “Idea” savdo do‘konidan 2 500 000 so‘mlik mikroto‘lqinli pech sotib olgan, ammo uning yaxshi ishlamayotgani sababli, savdo do‘koniga qaytarib olib borgan. U yerda servis xodimlari tomonidan pech ta'mirlangan bo'lsa-da, undagi nuqsonlar to'liq bartaraf etilmagan.

Murojaat jamiyat mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganilib, savdo do‘koni rahbariyatiga O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuning tegishli moddalari tushuntirildi. Shundan so‘ng, mikroto‘lqinli pech sifatlisiga almashtirib berildi.
   

 

 

 

 

 

 

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00