
24.11.2023
Joriy yilning 15-noyabr kuni Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani "Toqchilik" MFYda yashovchi fuqaro M.A O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining "1091" qisqa raqamli ishonch telefoni orqali murojaat qilgan.
Unda keltirilishicha, fuqaro shu yilning may oyida Jizzax shahridagi maishiy texnika buyumalari savdo do'konidan telefon va muzlatgichni 1 yillik muddatli to'lov asosida xarid qilgan. Noyabr oyi uchun do‘kon savdogarlari fuqaroning plastik kartasidan qo'shimcha 5 149 000 so‘m pul mablag‘ini asossiz ravishda yechib olgan.
Mazkur murojaat asosida savdo do‘konida tushuntirish ishlari olib borildi. Natijada, 5 million 149 ming so‘m mablag‘ fuqaro plastik kartasiga qaytarildi.