01.11.2021
Margʻilon shaxar Toshkesar MFYda yashovchi fuqaro Xushnudbek yaxshi niyatlarda “IQTISODIY TARAQQIYOT VA KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VAZIRLIGI XUZURIDAGI BIZNES VA TADBIRKORLIK OLIY MAKTABI”ni tamomlab, sertifikatni qoʻliga olgan kunidan boshlab oʻzining tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish maqsadida xarakatni boshlab yuboradi. Tadbirkorlik soxasida uncha-muncha bilim va salohiyatga ega boʻlgan Xushnudbek oʻzi kabi intiluvchan yoshlarni bandligini taʼminlash va ularni moddiy tomondan qoʻllab-quvvatlash maqsadida Prezidentning tashabbuslari bilan turli tarmoqlarda yoshlarga ajratilayotgan imtiyozli kreditlardan olib, ishsiz yoshlarni bandligini taʼminlash maqsadida tashabbus koʻrsatib, avtomobil yuvish shahobchasi tashkil qilishni rejalashtiradi. Oʻz maqsadi yoʻlida barcha toʻsiqlarni yengib oʻtishga tayyor Xushnudbek yuqoridagi maqsadlarni amalga oshirish uchun barcha kerakli hujjatlarni rasmiylashtirib, bankka imtiyozli kredit (24 000 000 “yigirma toʻrt million” soʻm) olish uchun topshiradi. Kredit chiqishini kutib oʻtirmay shartnoma imzolagan firmasi bilan oʻzaro kelishgan holda to kredit mablagʻi firma xisob raqamiga kelib tushguniga qadar avtomobil yuvish shahobchasi uchun kerakli jihozlarni olib kelib ishni boshlab yuboradi. Quvonarlisi Xushnudbek ochgan “avtomoyka”da 8 nafar talaba yoshlar oʻqishdan boʻsh vaqtlarida tirikchilik qilish uchun ish bilan taʼminlangani edi. Afsuski bank tomonidan shartnoma tuzilgan firmaga qisqa muddatda kredit mablagʻi chiqarib berilishi toʻgʻrisida kafolat xati berilishiga qaramay oradan ikki oy fursat oʻtsa hamki kreditdan darak boʻlmaydi, shartnoma tuzilgan, kafolat xati berilgan va oʻzaro kelishilgan boʻlishiga qramay, “avtomoyka”ni jihoz bilan taʼminlagan firma xam hisob raqamiga ikki oy vaqt oraligʻida pul tushmagach, yetkazib bergan mahsulotlarini olib chiqib ketishi mumkinligi toʻgʻrisida Xushnudbekni ogoxlantiradi. Shundan soʻng isteʼmolchi bank xodimlariga yuzlanadi, ular “boʻldi bajaramiz, xozircha resurs yoʻqligi sababli kredit toʻxtab turibdi, keyingi haftada albatta tushadi” deb isteʼmolchini ikki oydan buyon tinchlantirib kelishgan. Xushnudbek onasining tavsiyasiga koʻra, Margʻilon shaxar Isteʼmolchilar xuquqlarini ximoya qilish jamiyati ijro etuvchi apparatiga ariza bilan shikoyat qiladi. Isteʼmolchidan kelib tushgan arizaga asosan mutaxassislar tomonidan oʻrganish ishlari olib borilib, Respublika Markaziy banki bilan aloqa oʻrnatilib, isteʼmolchining nomiga rasmiylashtirilgan (24 000 000 “yigirma toʻrt million” soʻm) imtiyozli kredit shartnoma tuzilgan firma hisob raqamiga chiqarib berishda amaliy yordam berildi.