Telegram-bot Virtual qabulxona

10.10.2023

Sifatsiz ta’mirlangan smartfon qayta ta’mirlandi

Iste’molchi Z.N. "Redmi S 2" smartfoni ekranini almashtirish maqsadida Peshku tumanida faoliyat yurituvchi ustaga buyurtma berib, 250 000 so‘m to‘lovni amalga oshirgan. Ammo xizmat yakunlangach, ekran sifatsiz o‘rnatilganligi ma'lum bo'lgan. Aybni iste’molchiga ag‘dargan usta kamchilikni tuzatishdan bosh tortgan. O‘rtada kelishmovchilik yuzaga kelgach, fuqaro amaliy yordam so‘rab Buxoro viloyat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasiga murojaat qilgan.

Vobkent tuman jamiyati xodimlari tomonidan murojaat o‘rganilib, holatga oydinlik kiritildi. Natijada, telefon ta’mirlovchi ustaga qonuniy tushuntirishlar berilib, smartfon ekrani qaytadan sifatli ta’mirlab berildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00