
21.02.2024
Joriy yilning 2-fevral kuni Andijon shahar "Sanoat" MFYda yashovchi fuqaro M. A. O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa ishonch telefoni orqali murojaat qilgan.
Murojaatda fuqaro "Texnomart" savdo do‘konidan bir yil oldin muddatli to‘lov asosida par dazmol sotib olgani, biroq mahsulot sifatsiz chiqib, hech qancha vaqt foydalana olmagani, savdo do‘koni xodimlariga qilingan shikoyatlar esa hech qanday samara bermaganini ma'lum qilgan.
Andijon shahar jamiyati mutaxassislari murojaatni qonun doirasida o‘rganib chiqib, mahsulot haqiqatan ishlab chiqaruvchining aybi bilan nuqsonli chiqqanligi sababli, "Texnomart" savdo do‘koniga qaytarilib, to‘langan 1 350 000 so‘m pul mablag‘i fuqaroning plastik kartasiga tashlab berildi.