Telegram-bot Virtual qabulxona

12.10.2023

1 yarim million so'mlik nosoz avtomagnitola sifatlisiga almashtirildi

Beshariq tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tumanning "Qiyat Sartol" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi N.A.ning shaxsiy avtomashinasida foydalanish uchun xarid qilgan avtomagnitolasi ishlamay qolganligi, sotuvchi tomonidan uning qonuniy talablarini qanoatlantirmayotganligi xususidagi murojaati o‘rganildi.

Iste'molchi murojaatida bayon qilishicha, tumanda faoliyat olib borayotgan yakka tartibdagi tadbirkor S.E.ga qarashli do‘kondan 1 400 000 so‘mga "Dominant" rusumli avtomagnitola xarid qilgan. Lekin undan foydalanishi jarayonida nuqson kuzatilib, ishlamay qolgan. Savdo do‘koni rahbariga bu borada qilgan murojaati samara bermagach, o‘zining qonuniy huquqlari ro‘yobga chiqarilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab, federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qilgan.

Murojaat savdo do‘koni rahbari ishtirokida o‘rganilishi jarayonida tomonlarga amaldagi qonunchilik talablari yuzasidan tushuntirishlar berildi. O‘rganish ishlari yakunlari bilan esa, iste'molchining roziligi asosida "Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi qonun 13-moddasidagi huquqlaridan kelib chiqqan holda, qonunning 14 va 17-moddalari tartibida, nuqsonli tovar boshqa markadagi, maqbul sifatdagi tovarga almashtirilib, iste'molchining huquqlari tiklab berilishiga erishildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00