11.05.2023
Mingbuloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tumanning "Ingichka" mahallasida yashovchi fuqaro M.X.dan yozma ariza kelib tushgan.
Unda bayon etilishicha, fuqaro xonadoni suv tarmog'iga ulanmagan bo'lsa ham, “Namangan suv ta’minoti” MCHJ Mingbuloq tuman bo’limi tomonidan 1 528 000 so’m asossiz qarzdorlik hisoblangan.
Murojaat yuzasidan jamiyat xodimlari tomonidan o’rganish ishlari o'tkazilib, fuqaroning yashash xonadoni suv tarmog’iga ulanmaganligi va tashib ichish masofasi uzoqligi aniqlandi. “Namangan suv ta’minoti” MCHJ Mingbuloq tuman bo’limining bergan javob xatiga asosan, fuqaroga chiqarilgan 1 528 000 (bir million besh yuz yigirma sakkiz ming) so’m qarzdorlik asossiz deb topilib, fuqaroning hisobraqamidan chiqarildi.