Telegram-bot Virtual qabulxona

11.07.2024

Tojikistonlik fuqaroga yetkazilgan 250 dollar moddiy zarar undirib berildi

Tojikiston iste'molchilar ittifoqi tomonidan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga iste'molchi murojaatini hal etishda ko'mak so'rab, xat yuborilgan. 

Unda keltirilishicha, Tojikiston Respublikasi fuqarosi A.Xasanov Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi "Central Asia Travel Alfatiha" turizm kompaniyasidan Umra safari uchun yo'llanma sotib olgan. Ammo kompaniya tomonidan iste'molchiga to'liq va sifatli xizmat ko'rsatilmagan. 

Ushbu murojaat federatsiya hamda Toshkent shahar hududiy birlashmasi xodimlari tomonidan to'liq o'rganilib, "Central Asia Travel Alfatiha" turizm kompaniyasi rahbariyatiga amaldagi qonunchilik talablari tushuntirildi. Natijada, kompaniya tomonidan murojaatchining plastik kartasiga unga yetkazilgan 250 dollar zarar qaytarib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00