Telegram-bot Virtual qabulxona

05.03.2025

Muddatli to'lov shartnomasi bekor qilinib, iste'molchi pullari qaytarildi

Muddatli toʼlov asosida maishiy texnika xarid qilish koʼpchilik uchun optimal tanlov hisoblanadi. Bu borada isteʼmolchilarga taklif etilayotgan qator savdo va onlayn doʼkonlarni misol keltirish mumkin. Аmmo har doim ham shartnoma shartlariga sotuvchi tomon amal qiladi, degan tushunchadan yiroqmiz.

Vobkent tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Buxoro shahrida joylashgan “I.L.” maishiy texnika doʼkonidan muddatli toʼlov evaziga 43 dyumli televizor xarid qilib, shartnoma imzolagan. Аmalda isteʼmolchiga 32 dyumli televizor taqdim etilgan, isteʼmolchi qabul qilishdan bosh tortgan. Doʼkon xodimlaridan shartnomani bekor qilishni talab qilishiga qaramasdan, 6 oy davomida plastik kartasidan muddatli toʼlov summasi yechib olingan.

So'ng, fuqaro holatga ijobiy yechim topish maqsadida amaliy yordam soʼrab, Vobkent tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat yoʼllagan. Jamiyat xodimlari aralashuvi bilan shartnoma shartlarini buzgan savdo doʼkoniga qonuniy tushuntirishlar berilib, 6 oy davomida isteʼmolchi plastik kartasidan yechib olingan 1 800 000 soʼm qaytarib berildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00