Telegram-bot Virtual qabulxona

16.08.2023

Doim ham iste`molchi haq bo`laveradimi?

Uyali aloqa vositalari to‘g‘risida qator murojaatlarni yoritgan edik. Odatda sahifalarimizda isteʼmolchining huquqlari buzilishi ortidan ularning manfaatlari himoya qilinishi yoritiladi. Ammo har doim ham fuqaro murojaati asosli bo`lib chiqavermaydi. Ammo har qanday shubhali vaziyatni bartaraf etish uchun unga nisbatan tekshiruv tayinlanishi lozim. Shundagina o`zaro ishonch tamoyili saqlanib qoladi.

Kogon tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro P.T “TexnoMart” maishiy texnika do‘konidan  6 014 000 so‘mga muddatli to‘lov evaziga Redmi 12 Pro telefonini xarid qilgan. So‘ngra telefon nosozligi, sifatli emasligi to‘g‘risida Buxoro viloyat isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasi qo‘ng‘iroq qilib, murojaat yo‘llagan.

Buxoro shahar xodimlari har bir murojaatga mukammal yondashadi. Mobil telefonning nuqsonini aniqlash maqsadida "Mexroj mobi help" servisga yo‘naltirildi. Servis xulolasiga ko‘ra qurilma soz va sifatli ekanligi, nuqsoni mavjud emasligi aniqlandi. Isteʼmolchiga servis xulosasi va javob xati taqdim etildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00