
03.11.2023
Jizzax viloyati Zomin tumani "Birlik" MFY da yashovchi fuqaro M.O. O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining "1091" qisqa ishonch telefoni orqali murojaat qilgan.
Keltirilishicha, fuqaro Zomin tumanidagi maishiy texnika savdo do'konlarining biridan "Avalon" konditsioneri va "Royal" suv isitgichini sotib olgan. Ammo xarid qilingan tovarlar murojaatchining oila a'zolariga yoqmagan. So'ng, fuqaro ularni hech qanday nuqsonlarsiz, qadoqlangan holatda do'konga qaytarib olib borgan, sotuvchi esa sotilgan buyumlar qaytarib olinmasligini bildirgan.
Ushbu murojaat Zomin tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o'rganildi va mas'ullarga amaldagi qonunchilik talablari tushuntirildi. Natijada, iste'molchiga maishiy texnikalar uchun sarflagan jami 8 million 100 ming so'm pul mablag'lari qaytarib berildi.