Telegram-bot Virtual qabulxona

02.03.2022

Sabrning chegarasi... Uy uchun toʼlangan 66 million soʼm qaytarib olindi

 Uy-joy masalasi bugungi kunda nihoyatda dolzarb masalalardan biridir. Mamlakatimizda yosh oilalarni, turar joyga ehtiyoji bor insonlarni uy-joy bilan taʼminlash masalasi davlat siyosati darajasiga koʼtarildi.Bu borada Prezident Farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari eʼlon qilinmoqda. Shu bois ham uy-joy qurilishi borasida xususiy sektorning ulushi oshib, butun respublika miqiyosida qurilish korxonalarining soni soʼngi yillarda keskin koʼpaydi. Аlbatta bu raqobat muxitining paydo boʼlishiga sabab boʼlmoqda. Oʼzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga kelib tushayotgan murojaatlar shuni koʼrsatmoqdaki, xususiy qurilish korxonalarining koʼpayishi maydonga “vaʼdaboz” quruvchilarni kirib kelishiga ham sabab boʼlmoqda. Xorazm viloyati, Urganch shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Shovot tumani “Uzun koʼl” mahallasida yashovchi Dilnur Jumaniyozov murojaat qilib, “Аrt Xaus” qurilishi MChJ qurayotgan yangi uylardan xonadon olish uchun boshlangʼich toʼlov sifatida 50 million pul mablagʼini toʼlagan. Yangi uy shartnoma shartiga asosan 2020 -yil 1 –oktyabrda qurilish ishlari tugatilib, xonadonlar oʼz egalariga topshirilishi lozim boʼlgan. D. Jumaniyozov 2021-yil fevral oyiga qadar oyma-oy uy uchun qolgan toʼlovlarni ham toʼlab kelgan. Uysiz boʼlgan, qishning sovugʼida, yozning saratonida ijarama-ijara yurgan insonlar bu qanday ogʼir holat ekanligini yaxshi biladi. Kutish bunday paytda ogʼriqli jarayon.Yangi xonadonga koʼchishni kutishdan charchagan fuqaro Urganch shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga ariza bilan murojaat qilishga majbur boʼlgan. Аslida har qanday sabrning ham chegarasi bor. Isteʼmolchining arzi jamiyat xodimlari tomonidan jiddiy oʼrganildi. “Аrt Xaus” MChJ tomonidan qurilayotgan uy yaqin orada qurilish ishlarini tugatmasligi ayon boʼldi. Federatsiya xodimlarining astoydil qilgan harakatlari sabab isteʼmolchi Dilnur Jumaniyozovga uy-joy uchun toʼlagan 66626000 soʼm pul mablagʼi oʼz vaqtida qaytarib berildi. Korxonaga xorijiy nom qoʼyish bilan ish bitmaydi. “Аrt Xaus” kabi qurilish korxonalari qurayotgan imoratlarini jahon standartlartlari talabiga mos qilib qurib, oʼz vaqtida foydalanishga topshirishlari lozim. Xorij tajribasi va oʼzbekka xos fazilatlar bilan ish yuritsak har qanday sohada rivojlanishga erishish mumkin.

 

 Gulnoza Sharafova

 Oʼzbekiston ist’emolchilar huquqlarini himoya qilish

jamiyatlari federatsiyasi

Matbuot xizmati xodimi


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00