Telegram-bot Virtual qabulxona

03.02.2025

"Umid avto xizmat” MChJdan iste'molchi foydasiga 52 million so'm undirildi

Mirishkor tumani Jeynov qishlog'ida yashovchi fuqaro N.H. Toshkent shahrida joylashgan “Umid avto xizmat” MChJ bilan "Damas" rusumli avtomashinani lizing asosida 36 oy muddatda bo'lib to'lash sharti bilan sotib olish to'g'risida shartnoma rasmiylashtirgan. Avtomashinaning boshlang'ich to'lovi sifatida 49 million 982 ming so'm to'lovni amalga oshirgan. Biroq MChJ mas'ullari tomonidan transport vositasi shartnomada belgilangan muddatda yetkazib berilmagan. 

Iste'molchining bu haqda bir qator mas'ul idoralarga qilgan murojaatlari ijobiy yechim topmagach, u O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Qarshi shahar jamiyatiga murojaat etgan.

Murojaat o'rganilganda, iste'molchi va sotuvchi tashkilot o'rtasida tuzilgan shartnoma shartlariga ko'ra, avtomashina 120 ish kunida yetkazib berilishi lozim bo'lsa-da, bu talab bajarilmagani oydinlashdi va fuqaroga yetkazilgan zararni undirish to'g'risida fuqarolik ishlari bo'yicha sudga da'vo arizasi kiritildi. Sud tomonidan iste'molchi foydasiga 49 million 982 ming so'm asosiy qarzdorlik hamda avtomashinani yetkazib berish kechtiktirilgan har bir kun uchun 2 million 99 ming so'm penya undirish to'g'risida hal qiluv qarori chiqarildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00