Telegram-bot Virtual qabulxona

02.08.2023

Yana bir iste'molchi huquqi tiklab berildi

Marg‘ilon shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan shaharning "Milliy tiklanish" ko‘chasida yashovchi fuqaro B.M.ning ichimlik suvi ta'minoti korxonasi tomonidan Farg‘ona shahrida joylashgan xonadoniga assosiz qarzdorlik hisoblanayotganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganildi. Gap shundaki, Farg‘ona shahar suv-oqova korxonasi xodimlari fuqaro B.M.ning xonadonidagi suv hisoblagichni almashtirish jarayonida eski hisoblagichdagi 2311 metr kub haqdorlik asossiz yo`qqa chiqarilgan.

Mazkur murojaatni o‘rganish davomida shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan iste'molchi xonadonidagi hisoblagich ko‘rsatkichlari, amalga oshirilgan to‘lov varaqalari tahlil qilinishi natijalariga ko‘ra to‘plangan hujjatlar "Farg‘ona suv ta'minoti" MChJning Farg‘ona shahar filialiga taqdim etildi. Filialdan fuqaro murojaatida ko‘tarilgan masala o‘rganilib, "MChJ" Billing" bazasida qayta hisob-kitob qilinganligi va asossiz qarzdorlik olib tashlanganligi to‘g‘risida 426-sonli javob xati olindi. Xulosa qilib aytganda, jamiyat xodimlari o`rganishlari natijasida fuqaro B.M.ning zimmasiga yuklatilgan 307.000 so‘m asossiz qarzdorlik olib tashlandi va iste`molchi huquqlari tiklandi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00