Telegram-bot Virtual qabulxona

27.02.2025

2.5 millon so‘mlik nuqsonli televizor sifatlisiga alamashtirib berildi

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunning 14-moddasiga ko‘ra, iste'molchi tovarning ishlab chiqarilishiga, tuzilishiga, tarkibiga doir kamchiliklarni yoki boshqa nuqsonlarni aniqlagan taqdirda sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) uni ayni shunday markali (modelli, artikulli) tovarga etti kunlik muddatda, tovar sifatini sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) tomonidan qoʻshimcha ravishda tekshirish zarur boʻlganida esa, iste'molchi talab qoʻygan paytdan e'tiboran yigirma kun ichida almashtirib berishi shart ekanligi belgilab qo‘yilgan.

Karmana tumani "Do‘stlik" mahallasida yashovchi fuqaro K.S. Navoiy shahar markaziy bozorida joylashgan savdo do‘konidan 2 500 000 so‘mga sotib olgan “Volt” rusumli televizori sifatsiz chiqganligi va savdo do‘koni xodimlari tomonidan almashtirib berilmayotganligi sababli O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga murojaat qoldiradi.

Murojaat tegishliligi bo‘yicha Navoiy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatining mas’ul xodimlari tomonidan batafsil o‘rganib chiqildi va tadbirkorga fuqaroning iste’molchi sifatida huquqlari, yuqorida ko‘rsatilgan qonun talablari tushuntirib o‘tildi. Natijada, fuqaroga 7 kun muddat ichida ushbu rusumdagi yangi sifatli televizor yetkazib berilishiga erishildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00