Telegram-bot Virtual qabulxona

28.06.2024

Nosoz gaz plita uchun to'langan pul mablag'i iste'molchiga qaytarildi

Norin tumani "Qiziltov" mahallasida yashovchi fuqaro T.M. tomonidan federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali murojaat kelib tushgan.

Unga koʻra, isteʼmolchi Norin tumanida joylashgan "FAYZ" savdo doʻkonidan 2 million 650 ming soʻmga "Vesta" rusumli gaz plita xarid qilgan. Soʻng, uyida taʼmirlash ishlari olib borilayotgani sabab, sotib olingan maishiy texnikani chamasi yarim oydan keyin ishlatib koʻrgan. Qarasaki, gaz plita umuman yaroqsiz holatda boʻlgan. Fuqaro doʻkonga borib, kamchiliklarini aytsa, tadbirkor oradan ancha vaqt oʻtganini vaj qilib, muammoni hal etishdan bosh tortgan.

Ushbu holat Norin tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan oʻrganib chiqildi va murojaatchining gaz plita uchun to'lagan pul mablag'i qaytarib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00