Telegram-bot Virtual qabulxona

23.04.2024

4,2 million so'mlik nosoz telefon yangisiga almashtirib berildi

Oqdaryo tumani "Oytamgʻali" MFYda yashovchi fuqaro Q.M. joriy yilning 27-mart kuni Samarqand shahrida joylashgan "Texnomart" savdo markazidan 4 million 200 ming so‘mlik "Honor X 8" rusumli telefon apparatini sotib olgan. Ammo  mazkur qurilma bir necha kundan keyin ishlamay qolgani va savdo markazi xodimlari nosoz telefon apparatini yangisiga almashtirib bermayotganidan norozi boʻlib, federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali murojaat qilgan.  

Ushbu murojaat tegishli tartibda jamiyat mutaxassislari tomonidan o‘rganildi. Haqiqatan ham iste'molchiga sotilgan telefon qurilmasi nosoz ekani oʻz isbotini topdi. Soha mutaxassislari tomonidan tadbirkorga qonunchilik doirasida tushuntirishlar berildi va nosoz telefon apparati yangisiga almashtirib berildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00