Telegram-bot Virtual qabulxona

16.03.2022

Koreya isteʼmolchilar agentligi prezidentidan tabrik xati keldi

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi Jahongir Sarimsoqov nomiga 15-mart – Xalqaro isteʼmolchilar huquqlari kuni munosabati bilan Koreya isteʼmolchilar agentligi prezidenti Chan Duk-Jin (Jang Duck-Jin) janoblaridan tabrik xati keldi.

“Hurmatli Jahongir Sarimsoqov janoblari, Men sizni va siz rahbarlik qilayotgan federatsiya jamoasini Xalqaro isteʼmolchilar huquqlari kuni munosabati bilan tabriklayman va ishingizda muvaffaqiyatlar tilayman. Biz Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi bilan Koreya isteʼmolchilar agentligi oʻrtasida hamkorlikni kuchaytirishni sabrsizlik bilan kutyapmiz”, deyiladi Chan Duk-Jin janoblari  tabrigida.

Shuningdek ular oʻz tabriklarida Oʻzbekistonda 2018-yildan buyon bir necha marotaba Koreya fuqarolarining murojaatlari Federatsiya tomonidan oʻrganilib, ijobiy hal etilgani, ularning isteʼmolchi sifatida huquqlari himoya qilinganini alohida  eʼtirof  etdi.

Qayd etish joizki, Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi bilan Koreya isteʼmolchilar agentligi oʻrtasida 2018-yil dekabrida oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolangan edi. Tomonlar zikr etilgan memorandumga koʻra, bir-birining isteʼmolchilari huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻsha paytdan amaliy hamkorlik qilib kelmoqda.

2020-yil yanvarida Toshkent va Samarqand shaharlarida federatsiya tashabbusi bilan va homiyligida boʻlib oʻtgan Birinchi Yevropa va Osiyo mamlakatlari isteʼmolchilar forumida Koreya isteʼmolchilar agentligining vakillari ishtirok etishdi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00