Telegram-bot Virtual qabulxona

15.12.2023

Yana bir iste'molchi huquqi tiklab berildi

Marg‘ilon shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga "Qashqar" MFYda yashovchi fuqaro Sh. A. xonadonidagi suv hisoblagich moslamasi mutaxassis tomonidan qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazish uchun yechib olib ketilgandan so‘ng, uni qayta o‘rnatish jarayonida hisoblagich qiyoslash ko‘rigidan o‘tganligini tasdiqlovchi sertifikati taqdim etilmaganidan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganildi.

Murojaat egasiga ko‘ra, xonadondagi hisoblagich “Farg‘ona suv ta'minoti” MChJ Marg‘ilon shahar filiali nazoratchilari tomonidan yechib olib ketilgan va qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazilgach, xonadonga qayta o‘rnatish vaqtida unga qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi sertifikat taqdim etilmagan. Iste'molchi yuqoridagi holat yuzasidan ma'sullarga murojaat qilganida, elektron baza ishlamayotganligi sababli sertifikat iste'molchi xonadoniga keyinchalik yetkazib berilishi va'da qilingan bo‘lsa-da, o‘rganish kuniga qadar mazkur va'da bajarilmay kelingan.

Murojaat yuzasidan suv ta'minoti idorasi mas'ullari bilan uchrashilib, ularga yuzaga kelgan holatda amaldagi qonunchilik talablari yuzasidan tushuntirishlar berildi. O‘rganish ishlari davomida iste'molchining xonadoniga suv hisoblagich tegishli tartibda o‘rnatildi hamda uning qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi sertifikat iste'molchiga taqdim qilindi.

.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00