
09.07.2024
Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Uychi tuman ijro etuvchi apparatiga "Beruniy" MFYda yashovchi fuqaro J.Q.dan ogʻzaki murojaat kelib tushgan.
Unga koʻra, fuqaro Uychi tuman markazidagi savdo kompleksida joylashgan doʻkonlarning biridan 7 600 000 soʻmlik yugurish yoʻlakchasi xarid qilgan. Undan foydalanganda ushbu tovar sifat darajasida emasligi ma'lum bo'lgach, doʻkon xodimlari bilan bogʻlangan, doʻkon xodimlari esa tovarni qaytarib olmasligini va texnik servis ko'rigidan o'tkazishini aytgan. Lekin oradan ancha vaqt oʻtsa hamki, servis xodimlari xaridorning uyiga bormagan va oʻzi boshqa servis xizmatidan foydalanishga majbur boʻlgan.
Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Uychi tumani jamiyati tomonidan ushbu murojaat atroflicha oʻrganilib, isteʼmolchiga toʻlov qilgan puli qaytarib berildi.