Telegram-bot Virtual qabulxona

06.11.2023

Iste'molchining pul mablag'i kiberjinoyatchilar tomonidan o'zlashtirilgani ma'lum bo'ldi

Asrimizning global muammolari qatoriga yangidan-yangi turlari bilan tilga olinayotgan kiberjinoyatchilik qo'shilganiga ham ancha bo'ldi. Kiberjinoyatchilik virusli dasturlarni tarqatish, parollarni buzib kirish, kredit karta va boshqa bank rekvizitlaridagi mablag'larni o'zlashtirish, talon-taroj qilish, shuningdek, internet orqali qonunga zid axborotlar, xususan, bo'xton, ma'naviy buzuq ma'lumotlarni tarqatish orqali bashariyat hayotiga katta xavf solib kelmoqda.

Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish Namangan tumani ijro etuvchi apparatiga tumanning "Nurtepa" mahallasida yashovchi fuqaro Z.J. ning qilgan murojaati ham aynan shu mazmunda bo'lib, fuqoro o'zining shaxsiy plastik kartasiga 1 153 000 so'm pul mablag'i o'tkazgan, lekin pul plastik karta hisobida ko'rinmagan.

O'rganishlar davomida "Xalq banki" Namangan tumani bo'limi tomonidan fuqoroning plastik kartasidagi pul aylanmasi hisoboti taqdim etildi. Fuqoro telegram tarmog'i orqali kelgan yolg' on ma'lumotlarga asoslanib, o'zining shaxsiy ma'lumotlarini va plastik karta raqamlarini ma'lumot uchun joylagani sababli, uning 1 153 000 so'm pul mablag'i kiberjinoyatchilar tomonidan o'zlashtirilganligi ma'lum bo'ldi. Fuqoroga yuqoridagi holat va kiberxavfsizlik to'g'risida alohida tushunchalar berildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00