
07.07.2022
Kosonsoy tumani “Olmazor” MFY, “Oʻrikzor” koʻchasida yashovchi fuqaro X.Q Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi 10-91 ishonch telefoniga murojaat etgan.
Murojaatda bayon etilishicha, fuqaro Kosonsoy tumanida joylashgan qurilish doʻkonidan 66 metrlik tunukani 5280000 ming soʻmga sotib olgan. Lekin xarid qilgan tunuka sifatsiz chiqqanidan norozi boʻlib murojaat etgan. Ushbu murojaat Kosonsoy tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan oʻrganib chiqildi. Oʻrganish davomida tuman ijro apparati xodimlari tomonidan qurilish doʻkon rahbariga tushuntirish ishlari olib borildi. Natijada fuqaroga 66 metr 5280000 ming soʻmlik sifatsiz tunuka, boshqa sifatlisiga almashtirib berildi. Kosonsoy tumanida isteʼmolchini qiynayotgan yana bir muammo oʻz vaqtida hal qilindi. “Beshketmon” MFY da yashovchi fuqaro Sh.V ham Federatsiyasiyaning 10-91 ishonch telefoniga murojaat qilib, Kosonsoy tumani “Yoshlik” MFY da joylashgan doʻkondan “Akfa” eshik romlarini 6500 000 soʻmga buyurtma qilgan, ammo usta tomonidan buyurtmani oʻz vaqtida tayyorlab oʻrnatib berilmaganidan norozi boʻlgan.
Ushbu murojaat Kosonsoy tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan oʻrganilib chiqildi. Oʻrganish davomida chindan ham buyurtma oʻz vaqtida qilinmagani maʼlum boʻldi. Shundan soʻng isteʼmolchining qonuniy talablari bajarilib, “Akfa” eshik romlari buyurtmachiga yetkazib berilishga erishildi.