02.11.2023
Navoiy viloyati Navbahor tumani "Uchtut" qishlog’ida istiqomat qiluvchi fuqoro R.Z. federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali murojaat qilgan.
Unga ko'ra, fuqaro sovuq kunlar uchun 1 320 000 so'mga 4 tonna ko’mir sotib olgan, biroq uning uyiga yetkazib berilgan ko’mirning sifati pastligi, ko’p qismi yaxshi alangalanmaydigan qum ekanligi sababli, yetkazib beruvchiga bir necha marotaba murojaat qilgan bo’lsa-da, muammosi hal etib berilmagan.
Murojaat Navbahor tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan o’rganlganida fuqoro e’tirozlari haqiqat ekanligi ma’lum bo’ldi va tadbirkorga iste’molchi huquqlari, amaldagi qonunchilik talablari tushunturib o’tilgach, tadbirkor tomonidan ko’mir uchun to’langan pul mablag’lari fuqoroning plastik karta raqamiga to’liq tashlab berildi.