Telegram-bot Virtual qabulxona

08.11.2023

Iste'molchi muammosi bartaraf etildi

Uychi tuman "Axsi" MFYda yashovchi fuqaro tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.

Unda keltirilishicha, fuqaro tuman markazida joylashgan "Ishonch" kredit savdo doʻkonidan muddatli toʻlov asosida "Samsung A 51" telefonini xarid qilgan. Ammo ushbu mobil qurilma yaxshi ishlamaganligi sababli, savdo doʻkoni xodimlaridan nosoz telefonni sifatlisiga almashtirib berishlarini so'ragan. Do'kon xodimlari esa iste'molchi talablarini bajarmagan.

Ushbu holat bo'yicha jamiyat mutaxassislari tomonidan o'rganish ishlari olib borildi. Natijada, 2023-yil 5-oktyabr kuni kredit savdo doʻkoni bilan tuzilgan shartnoma jamiyat aralashuvi bilan bekor qilindi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00