
11.07.2023
2023-yil 6-iyul kuni Navoiy shahar "Jasorat" ko‘chasida yashovchi fuqaro N.N. shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.
Unga ko'ra, fuqaro "Acoustic Heal Thcare" tashkilotidan 11 million so‘mga 2 ta eshitish apparati sotib olgan. Ammo moslamalar qisqa vaqt ichida yaroqsiz holga kelib qolgan.
Murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan o‘rganilib, haqiqatan ham eshitish moslamalarida nuqson borligi hamda nosoz ekanligi ma'lum bo‘ldi. Olib borilgan muzokaralar va amaldagi qonunchilik talablari to‘g‘risidagi tushuntirishlar natijasida, iste'molchining nosoz chiqqan eshitish apparatlari sifatlisiga almashtirib berildi.