
26.03.2025
Shu yilning 12-mart kuni Andijon shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga shaharning 3-kichik dahasida yashovchi fuqaro K.M. tomonidan murojaat kelib tushgan.
Unda keltirilishicha, fuqaro kommunal to'lovlarni o'z vaqtida to'lagan bo'lishiga qaramasdan, Andijon shahar gaz ta'minoti korxonasi tomonidan xonadoniga 2 300 000 so'm qarzdorlik hisoblangan. Iste'molchi ushbu summani to'lagan, lekin shubhalanib, masalaga oydinlik kiritishda jamiyatdan amaliy yordam so'ragan.
Jamiyat xodimlari tomonidan murojaat to'liq o'rganilishi natijasida, qarzdorlik asossiz ekani ma'lum bo'ldi va fuqaroning to'lagan 2 300 000 so'm mablag'i to'liq qaytarildi.