
13.06.2023
Chortoq tumani "Beshkapa" mahallasida yashovchi fuqaro X.K. tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.
Unga ko'ra, fuqaro oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida kredit olib, 2022-yil 29-noyabrda "Yusufbek halol chorvalari" MChJ bilan shartnoma tuzgan va 35 137 074 so‘m to'lovni amalga oshirgan. Ammo MChJ shartnoma shartlarini buzib, shu vaqtgacha belgilangan mahsulotlarni yetkazib bermagan.
Jamiyat mutaxassislari tomonidan holat o'rganilib, fuqarolik ishlari boʻyicha Yangiqo'rgʻon tumanlararo sudiga da'vo arizasi kiritildi. Sud qaroriga ko'ra, MChJdan murojaatchi foydasiga 35 137 074 soʻm moddiy zarar hamda davlat foydasiga 1 405 482 so'm davlat boji undirildi.