
15.01.2025
Xorazm viloyati Qo’shko’pir tumani "O’rtayop" qishlog’ida yashovchi Sh.A. Xiva shahrida faoliyat yuritayotgan “Ilhom texnomart” savdo do’konidan 6 500 000 so’mga konditsioner xarid qilgan, ammo sifatsiz chiqqanidan norozi bo’lib, Xiva tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.
Jamiyat mutaxassislari tomonidan o’tkazilgan o’rganishlar natijasida, fuqaro murojaatidagi holatlar o'z isbotini topib, sifatsiz chiqqan 6 500 000 so’mlik konditsioner yangisiga almashtirib berildi.