22.12.2021
Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga Chortok tumanida yashovchi bir gurux fukarolardan kelgan yozma murojaatda qayd etilishicha, isteʼmolchilar mazkur tumanda joylashgan “Nalol goʻsht export” MCHJ bilan “Har bir oila-tadbirkor” davlat dasturi doirasida jami 125 mln. sumlik zotli kuyonlar yetkazib berilishi tӳgʻrisida shartnoma imzolashgan.
Buni qarangki, maʼlum vaktda yetkazib berilishi koʻzda tutilgan kuyonlar oradan bir oy oʻtsa hamki oʻz egalariga topshirilmagan. Bundan norozi boʻlgan isteʼmolchilar tadbirkorga bir necha marotaba shikoyat qilishgan boʻlsada, murojaatlari eʼtiborsiz kolavergan.
Oʻrganishlar davoida Federatsiya xodimlari tadbirkorga tushuntirish ishlari olib borgan boʻlsada, tadbirkor boʻyin tovlagan. Shundan soʻng holat yuzasidan Fukarolik ishlari buyicha Yangikoʻrgʻon tumanlararo sudiga daʼvo arizasi kiritildi va sud qaroriga asosan 125 mln. soʻm isteʼmolchilar foyda siga hal etildi
Shuningdek, Karmana tumanida yashovchi fuqaro E.Roʻziyev oʻz murojaatida, xizmat koʻrsatuvchi tashkilotga avtoamshina uchun boshlangʻich toʻlovni amalga oshirganini, maʼlum sabablarga koʻra pulni qaytarib olmoqchi boʻlganda esa, koʻplab muammolarga duch kelganini aytib oʻtgan.
Murojaat oʻrganilishi natijasida, avtomashina uchun toʻlangan 8.838.000 soʻm miqdordagi pul mablagʻlari isteʼmolchiga qaytarildi