Telegram-bot Virtual qabulxona

04.03.2024

1 million so'mdan ortiq pul mablag'i o'z egasiga qaytarildi

Farg‘ona shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan Marg‘ilon shahrida yashovchi X.D.ning nazorat qiluvchi idoralar va hududiy birlashmaga qilgan yozma murojaati o‘rganildi.

Iste'molchi murojaatida "Asia Alliance" bankning "Farg‘ona" mintaqaviy bank xizmatlari ofisidan yillik 27,99 foiz ustama to‘lash sharti bilan, 3 yil muddatga 30 000 000 so‘m mikroqarz olganligini, olingan kredit bo‘yicha to‘lovlarni  o‘z muddatida to‘lab kelayotgani, biroq kreditni to‘lash uchun biriktirilgan bank kartasining amal qilish muddati tugaganligi sababli, uni 2023-yilning dekabr oyida "Sanoatqurilishbank"dan yangisiga almashtirgani, shundan so‘ng bu haqda kredit bergan bank mas'ul (hozirda sobiq) xodimini ogohlantirganida karta tegishli tartibda rasmiylashtirib qo‘yilgani, lekin aynan ana shu xodim tomonidan 2024-yilning 10-yanvarida o‘ziga familiyadosh bo‘lgan X.E.ning kredit qarziga kafillik shartnomasi asosida uning kartasidan 1 240 000 so‘m o‘tkazib yuborilgani bayon qilinadi.

Federatsiyaning Farg‘ona shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan murojaat asosida o‘tkazilgan o‘rganishda iste'molchining murojaatida keltirgan vajlari isbotini topdi. O‘rganishlar davomida bank mijozi X.E. ga o‘tkazib yuborilgan mablag‘ summasi, X.E. dan iste'molchi X.D.ning bank plastik kartasiga to‘liq miqdorda qaytarilishiga erishildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00