
28.01.2025
Buxoro viloyati Buxoro shahrida yashovchi fuqaro G.G. shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.
Unga ko'ra, fuqaro 2023-yil 23-fevralida "UMID AVTO COMPANIES" MCHJ bilan shartnoma tuzgan bo'lib, "DAMAS DLX" rusumli avtomashinani ijaraga olish uchun 31 118 455 so'm naqd pulni oldindan avans tariqasida to'lagani, shartnomaga asosan avtomashinaning narxi 86 605 000 so'mga baholanib, fuqaro qolgan summani jadval asosida to'lab borishi belgilangani, oradan bir necha oy o'tgan bo'lsa-da, MCHJ majburiyatini bajarmagani, ya'ni avtomashinani yetkazib bermagani ma'lum qilingan.
Buxoro shahar jamiyati mutaxassislari G.G.ning iste’molchi sifatidagi buzilgan huquqini tiklash uchun FIB Toshkent shahar Uchtepa tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritgan. Sudning hal qiluv qaroriga ko'ra, da’vogar G.G. manfaatiga 31 118 445 so'm asosiy qarz, 1 225 288 so'm bank foizi, 311 184 so'm penya va pochta xarajati, jami 32 692 417 so'm undirib berish to'g'risida hal qiluv qarori chiqarilib, muammo ijobiy hal etildi.