25.05.2023
2023-yilning 22-may kuni Uchquduq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tuman markazidagi "Xalqlar do‘stligi" ko‘chasi 13-uy 46-xonadonda yashovchi T.S. ariza bilan murojaat qilgan.
Unda keltirilishicha, fuqaro 2021-yilning avgust oyida Zarafshon shahrida joylashgan “Idea” savdo do‘konidan 12 800 000 (o‘n ikki million sakkiz yuz ming) so‘mga “Samsung” markali muzlatkich sotib olgan. Ammo shu vaqtga qadar hali kafolat muddati tugamasa-da, muzlatkich 4 marotaba buzilgan. Do‘kondagi servis xizmati xodimlari esa “Muzlatkich aslida, “zavodskoy brak” chiqqan, buni do‘konda almashtirib bermaydi”, deya har xil bahonalar bilan iste'molchini ovvora qilgan.
Tuman jamiyatining aralashuvi bilan, fuqaroning murojaati ijobiy yechimini topdi: do‘kondagi servis xizmati tomonidan muzlatkichning nosoz ehtiyot qismi viloyat markazidan olib kelinib, bepul va sifatli ta’mirlab berildi.