Telegram-bot Virtual qabulxona

29.09.2023

Sifatsiz quloqchin puli iste'molchiga qaytarildi

Buxoro shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga fuqaro I.Y. tomonidan murojaat kelib tushgan.

Unda keltirilishicha, iste’molchi Buxoro shahrida joylashgan mobil texnika savdo do‘konidan 280 000 so‘mga quloqchin xarid qilgan. Ammo u sifatsiz bo'lib chiqqan.

Buxoro shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan murojaat joyiga chiqib o‘rganilishi natijasida, nosoz quloqchin savdo do‘koniga qaytarilib, iste’molchi to‘lagan to‘lov to‘liq qaytarilishiga erishildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00