Telegram-bot Virtual qabulxona

30.04.2024

Nosoz telefon bepul ta'mirlab berildi

Qumqo'rg'on tumani "Azlarsoy" mahallasida yashovchi fuqaro M.X. tomonidan tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat kelib tushgan.

Murojaatchi Qumqo'rg'on tumanidagi maishiy texnika do'konlarining biridan 6 oylik onlayn mikroqarz shartnomasi asosida "Samsung Galaxy  A05" rusumli telefon xarid qilgan. Ammo vaqt o'tgani sari telefonda nosozliklar paydo bo'la boshlagan. Do'kon ma'muriyati esa e'tirozlarni e'tiborsiz qoldirishgan. 

Fuqaroning ushbu holat yuzasidan qilgan murojaati  jamiyat xodimlari tomonidan o`rganib chiqildi. Natijada, nosoz telefon servis tomonidan bepul ta'mirlab berildi. 

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00