
16.09.2024
Denov tuman “Chim” MFYda yashovchi fuqaro A.N.dan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ishonch telefoni orqali murojaat kelib tushgan va tegishliligi bo'yicha Denov tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yo'naltirilgan.
Ushbu murojaatga ko‘ra, fuqaro Denov shaharda joylashgan tijorat bozoridagi savdo do‘konlarining biridan narxi 8 500 000 so‘m bo‘lgan muzlatgich sotib olgan. Ammo bir necha kun o‘tib, unda texnik nosozliklar kelib chiqqan, shundan so‘ng, servis xodimlari kelib, muzlatgichni olib ketgani va hozirgi kunga qadar sozlab olib kelib bermaganidan noroziligini bildirgan.
Ushbu holat murojaatchi va do‘kon sotuvchisi ishtirokida o‘rganildi. Tuman jamiyati mutaxassislari do‘kon xodimlariga tegishli tartibda tushuntirish ishlari olib borishdi. Shundan so‘ng, murojaatchi 8 500 000 so‘mga xarid qilgan «Ilufa» rusumli muzlatgich sifatlisiga almashtirib berildi.