
04.07.2023
Jizzax viloyati G'allaorol tumani "Oqtom" mahallasida yashovchi fuqaro X.F. federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali murojaat qilgan.
Unga ko'ra, fuqaro Jizzax shahridagi “Zebo” savdo markazidan 3 150 000 so‘mga muzlatgich xarid qilgan. Afsuski, muzlatgich nosoz chiqqan. Do‘konga qaytarib olib borilganda esa sotuvchi “xarid qilayotganingizda ishlatib berganmiz, o‘zingiz noto‘g‘ri foydalangansiz”, deya almashtirib bermagan.
Holat bo'yicha jamiyat xodimlari tomonidan “Optima” servis markazida o‘rganish ishlari o‘tkazildi. Natijada, servis mutaxassislari tomonidan muzlatgizning nosozligi tasdiqlandi va muzlatgich yangisiga almashtirib berildi.