Telegram-bot Virtual qabulxona

19.06.2023

2 yarim million so'mlik nosoz gaz plita sifatlisiga almashtirildi

Shu yilning 25-may kuni Konimex tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro X.A. Navoiy shahar istemolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.

Unga ko'ra, fuqaro Navoiy shahridagi markaziy buyum bozorida joylashgan savdo do‘konlarining biridan 2 500 000 so‘mga gaz plita sotib olgan, ammo u nosoz chiqqan.

Murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqilganda gaz plitasida haqiqatan ham nuqsonlar borligi ma'lum bo'ldi. Shundan so‘ng, savdo do‘koni sotuvchisiga fuqaroning iste’molchi sifatida huquqlari tushuntirilib, nosoz chiqqan gaz plita yangisiga almashtirib berilishida amaliy yordam ko‘rsatildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00