Telegram-bot Virtual qabulxona

28.08.2023

Elektromotoroller quvvatlagichi almashtirib berildi

Tabiiy yoqilg‘i vositalarining jahon bo‘ylab taqchilligi kuzatila boshlangach, elektr energiyasi va elektrodvigatellar ishlab chiqarish sanoati bir necha barobarga oshdi. Hatto mototexnikalardan tortib avtomobillargacha elektrodvigatellar o‘rnatila boshladi.

Elektromotorollerlar uchun eng zarur ehtiyot qism quvvatlagich hisoblanadi. Qorovulbozor tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro M.A ham 26 000 000 so‘mga elektromotoroller xarid qilgan edi. Oradan ko‘p muddat o‘tmasidan, kafolat muddatida qurilma quvvatlagichida nosozlik kuzatilgan. Servis xizmatiga murojaat qilishdan naf bo‘lmagach, yordam so‘rab Buxoro viloyat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasi ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilib murojaat qoldirgan.

Qorovulbozor tuman jamiyati xodimlari tomonidan murojaat qisqa fursatda o‘rganilib, quvvatlagich haqiqatda nosozligi aniqlandi. Tadbirkorga qonuniy tushuntirishlar berilgach, nosoz quvvatlagich yangisiga almashtirib berilib,  yana bir murojaat ijobiy hal etildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00