
13.11.2023
Vobkent tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro O.X. tumandagi maishiy texnika vositalari savdo do‘konidan 900 000 so‘mga changyutgich xarid qilgan. Ammo kafolat muddati davrida nosozlik qayd etilgan. Servisga murojaat qilsa ham, muammosi hal bo'lmagan. So'ng, amaliy yordam so‘rab, Buxoro viloyat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasi ishonch telefoni orqali og‘zaki murojaat qoldirgan.
Vobkent tuman jamiyati xodimlari tomonidan murojaat joyiga chiqib o‘rganilishi natijasida, changyutgich bepul ta’mirlab berilib, murojaat ijobiy hal etildi.