Telegram-bot Virtual qabulxona

29.04.2024

Nosoz maishiy texnika vositalari sifatlisiga almashtirildi

Joriy  yilning 18-aprel kuni fuqaro M.A. tomonidan Andijon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma ariza kelib tushgan.

Unda bayon etilishicha, fuqaro Andijon shahrida joylashgan "Super Grand Old" MCHJga qarashli savdo do'konidan jami 15 348 432 so‘mlik maishiy texnika vositalari to‘plamini sotib olgan, biroq mahsulotlarda nuqsonlar borligidan shikoyat qilgan. 

Jamiyat mutaxassislari murojaatni atroflicha o‘rganib, mas'ullarga tushuntirish ishlarini olib borishdi. Natijada, nuqsoni bor maishiy texnika vositalari sifatlisiga almashtirib berilishi ta'minlandi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00