Telegram-bot Virtual qabulxona

18.04.2023

347 milliondan ortiq pul mablag'i iste'molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi

Yangiqo’rg’on tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tuman aholisi tomonidan “Toza hudud” DUK Yangiqo’rg’on tuman filialining 2023-yil yanvar, fevral oylarida qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib ketish boʻyicha sifatli xizmat koʻrsatmagani toʻgʻrisida murojaatlar kelib tushgan.

Yangiqo’rg’on tumanidagi 31 ta MFY “Toza hudud” DUK bilan shartnoma imzolagan. Ammo qish mavsumidagi anomal sovuq vaqtida korxona avtomobillari va maxsus texnika vositalariga yonilgʻi quyish boʻyicha muommolar yuzaga kelgani sababli, yanvar, fevral oylari davomida qatnov grafigi yo'nalishi boʻyicha MFYlarga toʻliq xizmat koʻrsatish imkoni boʻlmagan.

Oʻrganish natijalariga koʻra, korxona tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni to'plash va olib ketish bo'yicha toʻliq xizmatlar koʻrsatilmagan davrlar uchun jami 347 315 000  (uch yuz qirq yeti  million uch yuz o’n besh ming so’m) so`m toʻlovlarning aholidan undirilishi bekor qilindi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00