
04.12.2024
Yangiariq tumani “Yangiyer” mahallasida yashovchi J.Y.ning loyiha hujjatlarisiz suv ta'minoti tarmoqlariga o'zboshimchalik bilan ulanib, suvdan foydalanish qoidalarini buzgani sabab qilib ko'rsatilib, Xorazm viloyati qurilish va kommunal xo'jaligi inspeksiyasi tomonidan 3 700 000 so'm noqonuniy jarima qo'llanilgan. Fuqaro ushbu holatga oydinlik kiritish maqsadida tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.
O’rganish davomida to’plangan hujjatlar tegishliligi bo’yicha JIB tuman sudiga yuborildi. JIB tuman sudi tomonidan joriy yilning 19-noyabr kuni Yangiariq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlarining bevosita ishtirokida ko’rib chiqildi va Viloyat qurilish va komunal xo’jaligi nazorat inspeksiyasining 30.10.2024 yil sanasi bilan O’z.R.MJtKning 163-voddasi 1-qismida ko’rsatilgan huquqbuzarlik sodir qilganligi haqida 3 750 000 so’m jarima jazo qo’llash to’g’risidagi qabul qilingan Qarori sud tomonidan noqonuniy deb topildi va bekor qilindi.