Telegram-bot Virtual qabulxona

02.06.2023

2 yarim million so'mlik nosoz telefon yangisiga almashtirildi

Qoraqalpog'iston Respublikasi Nukus shahrida yashovchi fuqaro D.G. Nukus shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.

Unga ko'ra, fuqaro Nukus shahar Dehqon bozorida joylashgan savdo do'konidan 2 500 000 so'mga telefon apparati sotib olgan. Ammo oradan ko'p vaqt o'tmay, telefonning nosoz ekani ma'lum bo'lgan. Fuqaro nuqsonli tovarni do'konga qaytarib olib borganda sotuvchi yangisiga almashtirib berishdan bosh tortgan.

Holat bo'yicha jamiyat mutaxassislari tomonidan o'rganish ishlari o'tkazilib, savdo do'koni ma'muriyatiga amaldagi qonunchilik talablari tushuntirildi. Natijada, murojaatchining telefoni yangisiga almashtirib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00