Telegram-bot Virtual qabulxona

24.11.2021

Yurtimizda sayyohlik oqimini kengaytirishga qaratilgan forum oʼz ishini davom ettirmoqda

Hech kimga sir emaski, Oʼzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan tashabbusi bilan Xalqaro isteʼmolchilar huquqlari tashkiloti (Consumers International), Xalqaro isteʼmolchi jamiyatlari konfederatsiyasi, “Yuksalish” umummilliy harakati bilan hamkorlikda, Xorazm viloyatining Xiva va Urganch shaharlarida joriy yilning 23-25 noyabrь kunlari turizm sohasida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish maqsadida “Sayyoh - 2021” xalqaro forumi oʼtkazilmoqda. 
Forumni tashkil etishdan asosiy maqsad, mamlakatning turizm salohiyati va jozibadorligini keng targʼib qilish, turizm sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirilish, turizmni rivojlantirishga qaratilgan xalqaro meʼyor va standartlarni implementatsiya qilinishi, turistik faoliyatni oshiruvchi kopmaniyalar bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish, xalqaro normalarni turizm faoliyati va amaliyotga joriy etilishida koʼmaklashish hamda turizm sohasida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish borasida soha rivojiga toʼsqinlik qilayotgan muammolarni tizimli tahlil qilish va bartaraf etish buyicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.
Mazkur Forumning ilk kunida 20 dan ortiq davlatlardan tashrif buyurayotgan xalqaro delegat aʼzolari kutib olindi, shuningdek, barcha delegat aʼzolarini Xiva shahrining tarixiy obidalari bilan tanishtirildi
Shuningdek, Forum ishtirokchilariga Xalqaro isteʼmolchilar huquqlari tashkiloti prezidenti, doktor Marimutu Nadason janoblari yoʼllagan murojaat oʼqib eshittirildi va ushbu tashkilot bosh direktori Helena Loran xonimning video murojaati namoyish etildi.
Forum ikkinchi kunining birinchi qismida, “Xalqaro turistik huquq va turizm sohasida isteʼmolchilarning transchegaraviy murojaatlari” mavzusida maʼruza tinglandi.
Unda chetellik sayyoh (isteʼmolchi) larning murojaatlarini chetel fuqarosi boʼlishiga qaramasdan oʼz vaqtida sifatli xizmat koʼrsatish, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish ilgʼor xalqaro tajribani joriy qilish haqida soʼz bordi
Turizm sohasida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish borasida oʼtkazilayotgan “SAYYOH-2021” xalqaro forumi isteʼmolchilarning transchegaraviy murojaatlarini koʼrib chiqish, ularning turizm va elektron tijorat sohasidagi huquqlarini himoya qilish borasidagi mexanizmlarni takomillashtirishi, xavfsiz turizmga oid masalalar bugun har bir isteʼmolchining huquqlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etishadi.
Zero, har bir sayyoh qaerga tashrif buyurmasin, oʼsha davlatda uning isteʼmolchi borasidagi huquqlari himoya qilinishi mamlakat turizmining rivoji uchun xizmat qiladi – dedi, Federatsiya raisi J.Sarimosoqov!
Qayd etish joizki, mamlakatimiz turizm sohasida ulkan salohiyatga ega boʼla turib, uzoq yillar bu imkoniyatdan toʼliq va samarali foydalanilmadi. Turizm rivoji uchun qulay iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratilmadi.
Mazkur forum, davomida chetellik ekspertlar tomonidan ham turizmni rivojlantirishga qaratilgan xalqaro meʼyor va standartlari implementatsiya qilinishi, turizm sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlikni kengaytirish, xalqaro va davlatlararo standartlar va normalarni turizm faoliyati va amaliyotiga joriy etish borasida maʼruzalar tinglandi.
Turizm mavsumiy davrini uzaytirish, koʼrsatiladigan xizmat turlarini koʼpaytirish, xususan, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishda turizm infratuzilmasini yaxshilash masalalariga alohida toʼxtalib oʼtildi. 
Xalqaro isteʼmolchilar jamiyati konfederatsiyasi Raisi – Dmitriy Yanin soʼzga chiqib, Sayyohlar (Xalqaro isteʼmolchilar) tashrif buyuradigan maskanlar va avtomagistral yoʼllar boʼyida sanitariya-gigiena shahobchalarini koʼpaytirish, madaniy meros obʼektlarida isteʼmolchilarning maroqli xordiq olishi uchun qulay sharoitlar yaratish, axborot markazlari joriy etish, sayyohlar uchun yangi xizmatlar tashkil etish orqali valyuta tushumini koʼpaytirish masalasiga alohida toʼxtalib oʼtdi.
 Zero, Turizmni rivojlantirish orqali isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish asosiy burch deya, oʼz firkini davom ettirdi – Xalqaro isteʼmolchilar jamiyati konfederatsiyasi Raisi – Dmitriy Yanin


Oʼzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Matbuot xizmati


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00