
11.08.2023
Ayni vaqtda, O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Navoiy viloyat hududiy birlashmasi Ishchi guruhi tomonidan Nurota tuman hududidagi bozorlarda, do‘konlarda aholiga sotilayotgan oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarining sifati jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganilmoqda.
Bundan asosiy maqsad aholini sifatli iste'mol tovarlari bilan ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosining natijadorligini o‘rganish, shuningdek sertifikatlanmagan, saqlash muddati o‘tib ketgan, kontrafakt va iste'molga yaroqsiz tovarlarning ishlab chiqarilishi va realizatsiya qilinishi holatlarining oldini olishga qaratilgan. O‘rganishlar davom etmoqda.