01.05.2023
Shu yilning 16-aprel kuni Navoiy shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga A.Temur koʻchasida yashovchi fuqaro M.V. dan yozma murojaat kelib tushgan.
Unda bayon etilishicha, fuqaro markaziy buyum bozori yonida joylashgan savdo doʻkonidan 3 700 000 soʻmga muzlatgich xarid qilgan, ammo muzlatgich kafolat muddati davrida nosoz holga kelib qolgan.
Fuqaro murojaati shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan oʻrganilib, savdo doʻkoni rahbariyatiga isteʼmolchining huquqlari tushuntirildi va nosoz holga kelib qolgan muzlatgich yangisiga almashtirib berildi.