Telegram-bot Virtual qabulxona

13.02.2023

Nosoz chiqqan jo'mrag puli o'z egasiga qaytarildi

Zarafshon shahar Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Zarafshon shahar 19-kichik tumanida yashovchi fuqaro E.B. tomonidan og'zaki murojaat kelib tushdi.

Murojaatda keltirilishicha, fuqaro Zarafshon shahridagi "Mo'jizalar maydonchasi"da joylashgan qurilish mollari do'konidan narxi 70 ming so'mlik bronza suv jo'mragini sotib olgan. Ammo jo'mrak nosoz chiqqanligi sababli almashtirish maqsadida do'kon sotuvchisiga murojaat qilgan, sotuvchi esa rad javobini bergan.

Murojaat jamiyat xodimlari tomonidan o'rganib chiqildi va xaridorning noroziliklari o'z isbotini topdi. Sotuvchiga "O'zbekiston Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi qonuning tegishli moddalari tushuntirilib, fuqaroga jo'mrak uchun to'langan 70 000 so'm mablag' to'liq qaytarib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00