Telegram-bot Virtual qabulxona

26.09.2023

25 million so'mlik quyosh paneli bepul ta'mirlab berildi

Butun jahonda energiya resurslariga bo‘lgan talab ortib borgani sari quyosh energiyasidan samarali foydalanish texnologiyalari takomillashmoqda. Jumladan, O‘zbekistonda ham xonadonlarga energiya manbai sifatida quyosh panellarini o‘rnatish tizimi tobora kengayib bormoqda. Ba’zida, bu borada ijobiy loyihalar qatorida muammolar ham uchrab turadi.

Shofirkon tumanida yashovchi fuqaro X.K. 25 000 000 so‘mga xonadoni uchun quyosh paneli xarid qilgan. Ammo oradan uch kun o‘tib, qurilmada nosozliklar yuzaga kelgan. So'ng, iste’molchi amaliy yordam so‘rab Buxoro viloyat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasi ishonch telefoni orqali murojaat qilgan.

Shofirkon tuman jamiyati holatni to‘liq o‘rganib chiqib, holatga oydinlik kiritdi. Natijada, iste’molchi xarid qilgan quyosh paneli servis tomonidan bepul ta’mirlab berilib, murojaat ijobiy hal etildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00