Telegram-bot Virtual qabulxona

05.02.2025

Salkam 11 million so'mlik kalta kesilgan gilam maqbul o'lchamlisiga almashtirildi

Chiroqchi tumanida yashovchi fuqaro N.Q. tumanda joylashgan “Gilamlar olami” savdo do'koniga oldindan o'lchamlarni bergan holda gilam buyurtma qiladi va kelishilgan 10 million 800 ming so'm to'lovni amalga oshiradi. Biroq tayyor bo'lgan gilamni uyiga olib borgach, u buyurtma berilgan o'lchamdan 45 sm qisqa ekani ma'lum bo'ladi va sotuvchi bilan iste'molchi o'rtasida o'zaro kelishmovchilik kelib chiqadi.

Fuqaroning shu haqda Chiroqchi tumani iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga qilgan murojaati o'rganildi va yuqoridagi holat sotuvchining e'tiborsizligi sabab yuzaga kelganligi oydinlashdi. 

O'rganish jarayonida sotuvchiga amaldagi iste'molchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilik va “Chakana savdo qoidalari”da belgilangan metrlab sotiladigan mahsulotlarga qo'yilgan talablar xususida tushuntirishlar berildi hamda kalta kesilgan gilam sotuvchiga qaytarilishi va iste'molchining buyurtmasi bo'yicha unga boshqa sifatli mahsulot yetkazib berilishi ta'minlandi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00