
25.07.2024
Termiz shahar "Tuproqqo‘rg‘on" MFYda yashovchi fuqaro A.S. O‘zbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali murojaat qilgan.
Unda keltirilishicha, fuqaro joriy yilning 30-iyun kuni Angor tijorat bozori hududidagi 213-sonli maishiy texnikalar do‘konidan narxi 4 650 000 so‘m bo‘lgan "Indezi" rusumli muzlatgich xarid qilgan. Undan foydalanish jarayonida nuqsonlar mavjudligi ma'lum bo'lgan.
Ushbu holat Angor tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganilib, do‘kon xodimlariga tegishli tartibda isteʼmolchining qonuniy huquqlari to‘g‘risida kerakli tushunchalar berildi. Natijada, xarid qilingan nuqsonli muzlatgich sifatlisiga almashtirib berildi.